Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS. Aqllilar ilovasi.

Firibgarlik Telegram-botlari: aldov qurboni bo’lmaslik uchun

Yangiliklar

Firibgarlik Telegram-botlari: aldov qurboni bo’lmaslik uchun

Nigina - Jahongir va Feruzaning qizi. Yaqinda u maktabdan keyin Instagramni qarab o'tirib, HUMANS'dan har kunlik bonuslar tarqatilayotgan reklamani ko'rib qoldi. Nigina bunday omadga xursand bo’lib, havola orqali Telegram-botga o’tdi.

                    uz

Keyin g’alati narsalar boshlandi: bot Niginadan telefon raqamini, HUMANS akkaunti parolini va SMSdagi kodni kiritishini so’radi. Niginaning yodiga tushdi — yaqinda uning akasi Sardor ham shunday vaziatga tushgandi. U akasidan maslahat so’radi: qanday qilib o’tkazib yuborish mumkin? Sardor dedi: shaxsiy ma’lumotlaringni zinhor kiritma. Sardor haq edi: Niginaning HUMANS’dagi barcha pullari va uning ota-onasining bog’langan kartalaridagi pullari o’g’irlangan bo’lardi.

Firibgarlik botini qanday tanib olish mumkin?

Quyida firibgarlar botini foydali dasturdan farqlashda yordam beradigan bir nechta belgilar:

  • HUMANS eslatmasi. HUMANS hech qachon Telegram-botlar yordamida sovrinli o’yinlar yoki sovg’alar tarqatishni o’tkazmaydi. Agar siz shunday botni uchratsangiz, bu firibgarlik ekanligidan ishonchingiz komil bo’lsin.
  • Scam belgisi. U ko’plab shikoyatlar kelib tushgan har qanday bot, akkaunt yoki kanalda bor. Bundaylarga aniq ishonib bo’lmaydi.

                   1

  • Bot oson pullar va’da qiladi. Masalan, Masalan, davlat to'lovlari maxfiy bazalarida sizning raqamingizni qidirayotgandek tutadi o'zini. Yoki sizning telefon raqamingiz raqamlari “omadli” bo’lsa, bitkoinlar va’da qiladi. Agar kimdir sizni oltinlarga ko’mishni va’da qilsa va o’rniga sizning raqamingiz va SMSdagi koddan boshqa hech narsa talab qilmasa — bunday xabarlarga ishonish mumkin emas.
  • Murakkab nom/nomda xatolik. Firibgarlar o’zlarini mashhur kompaniyalar, jumladan HUMANS deb ko’rsatishni yaxshi ko’rishadi. Buning uchun ular botlarga murakkab nomlar o’ylab topishadi: masalan, Humans_Uz_Premium.

Botlar yana qanday o'ziga jalb qiladi?

Aldovning eng mashhur sxemalaridan biri — go'yoki HUMANS nomidan bepul Telegram Premium taklif qiladigan botlar. Unga ega bo’lish uchun firibgarlar telefon raqamingiz, HUMANS akkauntingiz parolini va SMSdagi kodni kiritishingizni so’rashadi. Buni zinhor qilish kerak emas.

HUMANS hech qachon Telegram Premium sovrinli o'yinini o'tkazmaydi. Bunday botda shaxsiy ma'lumotlar kiritilsa, firibgarlar sizning HUMANS akkauntingiz, undagi va unga bog'langan kartalardagi pullarni o'g'irlashadi.

Telegram’da qanday himoyalanish mumkin?

Ijtimoiy tarmoqlardagi reklamaga so’zsiz ishonish kerak emas — u aldov bo’lishi hech gap emas. Har doim oldini olib, tekshirgan yaxshi. Agar tanishingiz sizga qandaydir havolali shubhali xabar yuborsa, u bilan boshqa usulda bog’lanib, haqiqatan ham u sizga biror xabar yuborganini bilib oling.

Firibgarlar tez-tez o’g’irlangan akkauntning barcha kontaktlariga yozishadi, pul o’tkazishni yoki o’z ma’lumotlari bilan bo’lishishini so’rashadi.

Ko’p hollarda firibgarlar qo’rqitishiga yoki biror foydani taklif qilishga harakat qilishadi: shubhali amaliyotlardan ogohlantirishadi, barcha kreditlar va qarzlarni yechib olishni va’da qilishadi, hatto “pul sovg’a qilishadi”. Bundaylarga ishonmang.

Ma’lumotlarni kiritmang

HUMANS hech qachon rasmiy ilovadan tashqari hech qayerda o'z ma'lumotlaringizni kiritishingizni so'ramaydi. Hech qanday vaziyatda akkauntingiz parolini kiritmang va SMSdagi kodni Telegram-botga kiritmang.

Botni bloklang

Agar siz firibgarlarni tanib qolgan bo'lsangiz, iltimos, ular ustidan shikoyat qiling, shunda Telegram'dan foydalanish tajribasi kam bo'lganlarni himoya qilgan bo'lasiz: chat nomiga bosing, keyin uchta nuqtani → «Shikoyat qilish» → «Boshqa». Shundan so'ng yozishmani o'chirib tashlang va botni bloklang.

Ma'lumotlarni kiritib bo'lgan bo'lsangiz, nima qilish kerak

Iloji boricha tezroq 1234 raqami orqali HUMANS qo'llab-quvvatlash xizmati bilan bog'laning va HUMANS akkauntingiz parolini yangilang.

Yaqinlaringiz va do'stlaringizni foribgarlar hiylalaridan ogohlantiring!